“Yer tuzishda geodezik ishlar” o‘quv amaliyoti geodezist mutaxassislar bilan

Institut rektorining 26.02.2021 yil 158/t buyrug‘iga asosan TIQXMMI Yer resurslarini boshqarish fakultetining talabalariga “Yer tuzishda geodezik ishlar” fanidan o‘quv amaliyoti bo‘lib o‘tmoqda. 16.03.2021 yil kuni navbatdagi o‘quv amaliyotida 306-guruh talbalariga sohadagi zamonaviy geodezik o‘lchash asboblari bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “ARTEM STROY” va “DECCOVER INVEST” kompaniyalaridan bir guruh mutaxassislar jalb qilinib “Qurilishda geodeziya” mavzusida MASTER KLASS tashkil etildi.  

Ushbu, MASTER KLASSda “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri dos. R.Oymatov va 306-guruh amaliyot rahbari PhD., dos. S.Abduraxmonovlar ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida “ARTEM STROY” kompaniyasi bosh geodezisti N.Hattabov va “DECCOVER INVEST” kompaniyasining tajribali geodezisti V.Raxmatxo‘jaevlar talabalarga bino inshootlarda va yo‘l qurilishida bajariladigan geodezik ishlar haqida to‘liq ma’lumot berdilar. Mashg‘ulot qiziqarli savol javoblarga boy tarzda olib borildi. Talabalar zamonaviy geodezik asboblarda ishlash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti v.b., PhD., Abduraxmonov S.N. ma’lumoti 
 TIQXMMI matbuot xizmati