O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.02.2018.T/FM.61.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning 2019 yil 24 iyuldagi navbatdagi yig‘ilishi
KUN TARTIBI
Tadqiqotchi Xodjabekov Muradjon Usarovichning 01.02.01 – «Nazariy mexanika» ixtisosligi bo‘yicha «Tebranishlardan himoyalanuvchi taqsimlangan parametrli chiziqlimas sistemalarning ustuvorligi» mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini himoyasi.
Ilmiy rahbar:
Dusmatov Olimjon Musurmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar:
Mardonov Botir Mardonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Sidiqov Mansur Nosirovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:
I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.28.02.2018. T/FM.61.01.