Ma’naviy hordiq chiqazish uchungina emas, teatr ibratxona bo‘lgani uchun xam biz unga talpinamiz. 2019 yil 16 oktyabr kuni 18:30.da O‘zbek Milliy akademik dramma teatrida yozuvchi Qo‘chqor Norqobil pessasasi ososida sahnalashtirilgan “Tog‘lardan baland bo‘l” nomli spektakli premera namoyishida “SXTE va B” fakulteti dekani R.Xakimov, dekan o‘rinbosari J.Turdiyev hamda bir guruh iqtidorli talaba yoshlar birgalikda tomosha qilish uchun tashrif buyurishdi. Institutimiz yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R. Chorievning tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu tashrif muhim ahamiyatga molik bo‘ldi. Spektakl aktyorlar jamoasi tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Spektakl insonni o‘ylashga, mushohada yuritishga undaydigan chuqur mazmunga egaligi bilan talaba yoshlar ma’naviyatiga ijobiy ta’sirini o‘tkazdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Tomosha jarayonida inson ongida bir fikr uyg‘onishi tabiiy. Bu yaxshilikka yaxshilik har kishining ishidir, yomonlikka yaxshilik mard kishining ishidir mazmunidagi xalq naqlidir.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov