VII Milliy kutubxona axborot haftaligi "Infolib Uzbekistan - 2018"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi № PF-5349 - sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 2018 yil 15 oktyabrda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mashhur pedagog va kitob tarixchisi Yevgeniy Karlovich Betgerga bag‘ishlangan “INFOLIB - 2018” VII – Milliy axborot - kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Ko‘pchilik kitobsevarlar va adabiyot-shunoslar yaxshi bilishadiki, Ye.K.Betger 1924 yilda respublikamiz Asosiy kutubxonasining direktori bo‘lgan va 1953 yilda (594 jilddan) iborat bo‘lgan ilmiy ishlardan bo‘lmish “Turkiston to‘plami”ning muallifi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu to‘plamning yagona nusxasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining nodir va noyob nashrlar fondida saqlanadi. Milliy axborot - kutubxona haftaligining ochilish marosimida tabrik so‘zi bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori L. Tangriyev, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A. Abduazizov, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudovlar chiqdilar. Ma’rifiy haftalik “Betgerlik o‘qishlari - 2018” mavzusidagi konferensiyaning o‘tkazilishi bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 200 ortiq axborot - kutubxona tashkilotlari mutaxassislari ishti-rokidagi “Davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Axborot – kutubxona haftaligining asosiy maqsadlaridan biri, deb ta’kidlab o‘tdi Milliy kutubxona direktori bu - axborot madaniyati darajasini oshirish, respublikamizning madaniy merosini saqlash va targ‘ib qilish, yangi va zamonaviy innovatsion hamda ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish va tajriba almashishdan iboratdir. Respublikamizning Axborot - resurs markazlari vakillari axborot-kutubxona kommunikatsiyalari sohasida erishilgan yutuqlar to‘g‘risidagi ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Bundan tashqari Milliy kutubxonaning zallarida turli ijodiy uchrashuvlar, taqdimotlar, seminarlar bo‘lib o‘tmoqda. Shulardan biri, “Kitob–inson ma’naviyatining ko‘zgusidir” nomli seminarning o‘tkazilishi bo‘ldi. TIQXMMI Axborot-resurs markazi xodimlari turli seksiyalardaa qatnashib, axborot-bibliografiyaga oid bilim va malakalarini oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarda, ya’ni ko‘rgazmalar, seminarlar va taqdimotlarda faol ishtirok etmoqdalar.
“INFOLIB - 2018” VII – Milliy axborot - kutubxona haftaligi 20 oktyabrga qadar davom etadi va Milliy kutubxonaning eshiklari 6 kun davomida barcha kitobsevarlar va adabiyotshunoslar uchun ochiq bo‘ladi.

 

ARM raxbari v.b.  Axmedova Maxbuba Xikmatovna

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov