Qumqoʼrgʼon agrosanoat texnikumidagi tadbir

    Bundan uch yil avval davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy minbaridan Oʼzbekistonning tub islohotlarni amalga oshirish boʼyicha qarori qatʼiy ekanini taʼkidlagan edilar. Oʼtgan yillar davomida bu fikr oʼz isbotini topib kelmoqda. Xususan, jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish boʼyicha keng koʼlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada yangi Oʼzbekiston shakllanmoqda. Yangi Oʼzbekistonning mutlaqo yangi surati va siyrati koʼz oldimizda yuz ochmoqda. Bu degani, albatta, yangi islohotlar, yangi talablar, yangi vazifalar, yangi masʼuliyatlar deganidir. Bugun koʼryapmizki, mamlakatimizdagi demokratik oʼzgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi, xalqimizning salohiyati oʼsmoqda, fikrlari yanada teranlashmoqda, yangiliklarni qabul qiluvchi emas, ularning yaratuvchisiga aylanmoqda.

Institutimiz huzuridagi Qumqoʼrgʼon agrosanoat texnikumida bugun 17.11.2020 da “Yangi Oʼzbekistonga yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi oʼtkazilgan tadbirda ham ana shu ruh hukmronlik qildi. – Bugungi kunda biz, yoshlarga Davlatimiz rahbari tomonidan barcha imkoniyatlar va imtiyozlar yaratib berilmoqda. Faqatgina biz ulardan oqilona va unumli foydalanishimiz lozim. Bizga ishonch bildirilmoqdami, demak biz ham masʼuliyatni his qilgan holda bilim olishimiz, hunar oʼrganishimiz orqali yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʼshmogʼimiz darkor, – deydi “Mard oʼgʼlon” davlat mukofoti sohibi Suxrob Haydarov.Tadbirda “Yangi Oʼzbekiston – yangicha dunyoqarash” gʼoyasini mujassam etgan sheʼrlar, kuy va qoʼshiqlar ijro etildi. Sport saroyida yosh sportchilarning turli koʼrgazmali chiqishlari ham namoyish etildi. Tadbirda yosh ijodkorlar va sportchilar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi. “Yangi Oʼzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida oʼtkazilyotgan maʼrifiy-madaniy tadbirlar tuman boʼylab davom etmoqda.

 

TIQXMMI matbuot xizmati