Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi videoselektor yigʼilishi, shuningdek Prezidentimizning “Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni va “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Toshkent viloyati Oʼrtachirchiq tumanidagi 51-sonli maktab bilan taʼlim sifatini oshirish boʼyicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, hozirda maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayoni va mavjud shart-sharoitni oʼrganish, fan oʼqituvchilarini bilimi va salohiyatini tashxis qilish va mavjud muammolarini aniqlash, ularni malakasini oshirish va metodik yordam koʼrsatish, shuningdek, taʼlim sifatini oshirish boʼyicha “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti 51-sonli maktab bilan birgalikda “Yoʼl xaritasi”, harakatlar rejasi ishlab chiqildi.
TIQXMMI matbuot xizmati