Mamlakatimizda istiqlol yillarida milliy muzeylarni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar tahsinga sazorordir. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” fakultetining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyinng Toshkent muzeyiga tashrif buyurishdi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi Markaziy Osiyoda 120 yildan ortiq tarixga ega, eng ulkan va ko‘hna ilmiy-ma’rifiy muassasa hisoblanadi. Ekspozitsiyadan o‘rin olgan eksponatlar O‘zbekistonning Sharq sivilizatsiyasining qadimiy o‘chog‘idan biri bo‘lganidan darak beradi.
Muzey shuningdek o‘zbek xalqi tarixining muhim bosqichlarini aks ettirgan noyob arxiv materiallar, qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, fotomateriallarga ega. Haykaltaroshlik, rassomchilik, kulolchilik, shisha san’atining betakror namunalari turli davrdagi estetik tasavvur tarixiga baho berish imkoniyatini beradi. Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega bo‘lgan hududning qadim o‘tmishi, urf-odat va an’analari, ilm-fani, madaniyati va san’atini o‘zida aks ettiradi. Hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar to‘plangan. Muzey fondini boyitish izchil davom ettirilmoqda.
“Qishloq va suv xo‘jaligi
energiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev
TIQXMMI matbuot xizmati