Xorazmga sayohat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 7 -fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qaroriga asosan, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan navbatdagi sayohat Xorazm viloyatiga uyushtirildi. Bu tadbirda Institutimiz rahbariyati va kasaba uyshmasi qo‘mitsi tavsiyasiga ko‘ra "Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev va "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani muovini Vahobjon Ahmadaliyevlar ishtirok etdilar. Ular sayohatchilar guruhida Urganch va Xiva shaharlaridagi diqqatga sazovor bo‘lgan tarixiy obidalar, yodgorliklar va muzeylar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qadim Xorazmning osori atiqalarini hilan tanishish har bir fuqaroga olam~olam quvonch baxsh etishi muqarrardir.

Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov