Ulug‘ shoir xotirasi abadiy

Kuni kecha “Gidromelioratsiya” fakulteti “suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 307-guruh talabalari guruh murabbiyi Sanobar Do‘stnazarova boshchiligida institutda yangi ochilgan Abdulla Oripov nomidagi yoshlar bog‘i va muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida muzeydan o‘rin olgan, ulug‘ shoirning hayoti va ijodiga oid nodir eksponatlarni talabalar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Shoirning byusti, orden va medallari, liboslari, shoir ruchkasi, qo‘lyozmalari va oilaviy suratlarini tomosha qilar ekan, talabalar shoirning oltin merosiga o‘zlarining qiziqishlarini so‘zlari orqali ifoda etishdi.

Xususan, guruhning iqtidorli talabalaridan Azizbek Hasanov shoir hayoti haqida, Mustaqillikka erishgunga qadar shoirning ijodiy qiyinchiliklari to‘g‘risida gapirib, so‘zining oxirida shoir qalamiga mansub “O‘zbekiston – Vatanim manim” she’rini ifodali o‘qib berdi. Talabalar muzeydan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

 

“Gidromelioratsiya” fakulteti 307-guruh murabbiyi S.Do‘stnazarova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati