Kartalar qay tarzda yaratiladi?

“Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi o’qituvchisi Jurayev Abdulla “Ko’chma mashg’ulot” tashkil qilish grafigi asosida "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 3-kurs  1-guruh talabalari bilan “Tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish" fanidan amaliy mashg'ulotlarni  ishlab chiqarish bilan uzviy bog'lab, sohadagi innovatsion yutuqlardan xabardor bo'lish maqsadida "GeoinforumKadastr" DUK ga tashrif buyurishdi.

Talabalar o‘quv-tanishuv sayohati mobaynida bu yerda kartalarning qay tarzda yaratilishi, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu kabi o‘quv-tanishuv sayohatlaridan ko‘zlangan maqsad talabalarning olayotgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan bog‘lash hamda ularning ko‘nikmasini oshirishdir. O‘quv mashg‘ulotlarida berilayotgan bilimlarni mustahkamlash, ishlab chiqarish va fanning o‘zaro integratsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan ushbu safar talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, "GeoinforumKadastr" DUKning barcha xodimlariga fakultet nomidan o’z minnatdorchiligini bildirishdi.

"Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi assistenti A.Jurayev axboroti

Institut Matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov