Keksalik nuroniylik demakdir. Hayot achchiq-chuchugini totgan insonda komillik sifatlari namoyon bo‘ladi. Barchani birdek tushunish, sabr, yumshoqlik kabi fazilatlar insonda yillar davomida shakllanadi va ulug‘ yoshda ayni yuksaklikka ko‘tariladi. Inson navqiron paytida olovga o‘xshaydi. Marralarga tezroq erishgisi, muammolarni oson va tez hal qilishni istaydi. Natijada xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ammo inson keksalik maqomiga erishganida bamisoli sokin ummonga aylanadi. Uning bag‘ri shu qadar keng bo‘ladiki tubi hikmat va javohirlarga boy bo‘ladi. Har qanday chigallikni bosiqlik va aql bilan yechishni juda yaxshi biladi.
Bizning institutimizda ham ana shunday hikmatga boy ustozlarimiz talaygina. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 816-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, jamiyatdagi o‘rnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan nuroniy yoshdagi professor-o‘qituvchilarning ma’naviy xordiq olishlari uchun O‘zbekiston Milliy Akademiy drama teatrida bo‘lib o‘tadigan spektaklga biletlar topshirdilar.
Institut Kasaba uyushmasi xodimi U.Manzirboyev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov