Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta'lim muassasalari to'g'risida ko'rgazma

Joriy yilning 21 noyabr kuni O‘zbekistondagi Xitoy elchixonasi tomonidan Toshkentda Shanxay shahrining bir qator ta’lim muassasalari ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Mazkur ko‘rgazmada Xitoyning Shanxay shahridan 25 ta oliy ta’lim muassasasi va 7 ta maktablari ishtirok etadi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi kelgusida Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqchi bo‘lgan talaba, magistrant, doktorantlar hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari uchun ma’lumotlar berish va Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir. Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 21 noyabr soat 10:00dan 17:00gacha Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bo‘lib o‘tadi.  Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko‘chasi, 5-uy (Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bosh binosi)