OTM – mahalla hamkorligi loyihalari amalda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʼllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5938 sonli Farmoni hamda “Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PQ-4602-son Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 10-iyundagi “Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 367-sonli qarolarida belgilangan ustuvor yoʼnalishlarni bajarish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot intsitutining “Oila huquqi va gender tengligi” boʼlimi tomonidan “Oilada zoʼrovonlikni oldini olish” va “Obod va xavfsiz mahallani shakillantirishda tomorqa madaniyatini rivojlanirishning ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqish” mavzularida qisqa muddatli ilmiy loyihasi (2020-yil noyabr – 2021-yil aprel) da institutimiz tomonidan Xotin-qizlar masalalari boʼyicha Kengash raisi p.f.d,professor Z.Ismailova, Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti xotin-qizlar masalalari boʼyicha masʼul t.f.n.,dotsent v.b. N.Holiqovalar ishtirok etib kelmoqdalar. Ular tomonidan loyiha loirasida “Baxtli yashash siri”, “Mahallalarda tomorqa madaniyatini riqojlantirish” mazular yuzasidan institutga biriktirilgan mahallalarga chiqib oilalar bilan uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etildi.

Bu uchrashuvlarimiz Toshkent shahar va Toshkent viloyatida yashab turgan oilalar bilan tashkil etildi. Tashrifdan maqsad, bir tomondan oilali qizlar va ularning oila aʼzolari bilan suxbat qilish, baxtli yashash sirlari bilan oʼrtoqlashish, qaynona-kelin munosabatlarida kelinlarning vazifalari va burchlari, er-xotin munosabatlari, qolaversa kelinlarning ijtimoiy, siyosiy, madaniy va maʼrifiy qarashlari, huquqiy savodxonligi masalalariga oid bolsa, ikkinchi tomondan tomorqalaridagi yerlardan qanday foydalanish, ularga ekinlarni, mevali daraxtlarni ekish tartibi, madaniyati va ularni baxorga yerlarni tayyorlashga xos boʼlgan fikrlar bilan oʼrtoqlashish boʼldi. Bunday uchrashuvlarni tashkil qilish nafaqat oila aʼzolariga balkim biz tomonimizdan ular bilan tanishish, muammolarni oʼrganish, ularni bartaraf etish boʼyicha izlanishlar olib borishimizga turki boʼldi desak mubolaqa bolmaydi albatta. Loyihalar doirasidagi amaliy natijalarni olib borilayotgan tadqiqot ishlarimiz boʼyicha erishilgan yutuqlarda koʼramiz degan fikrda qolamiz.

TIQXMMI matbuot xizmati