“Qishloq va suv xoʻjaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XVIII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumani o‘z ishini boshladi. Anjumanninig Suv xo’jaligi masalalarida matematik modellashtirish usullari va axborot texnologiyalarini qo’llash nomi ostida faoliyat boshlagan 9 - shoʻba ham dasturda belgilangan B-214 auditoriyada Rais: prof.Xudayarov B., Hamrais: dots. Mirzayev S., Kotiba: dots.Karimova X. larning rahbarligada ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Barcha ishtirokchilar o’z ma'ruzalarini taqdimot shaklida himoya qilish bilan birga berilgan savollarga javoblarni doskada amaliy ishlash yoli bilan ko’rsatishmoqda. Bundan olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning oʻz ilmiy ishlariga qiziqishi yuqori boʻlayotganligi koʻrishimiz mumkin.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov