Bitiruvchilarga omad yor bo‘lsin

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 2019 yil 1 iyul kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining 2018/2019 o‘quv yili bitiruvchilariga tantanali diplom taqdim etish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori O‘ktam Pardaevich Umurzakov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shavozov Qodirjon Ochilovich va fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilari hamda ota-onalar tashrif buyurishdi. Institut rektori tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng fakultet dekani Isaqov Abdusaid Jalilovich bitiruvchilarni tabriklab, institut rektorining diplom berish to‘g‘risidagi buyrug‘ini o‘qib eshittirdi va bitiruvchilarga institut rektori tomonidan diplom taqdim etildi. 197 nafar bitiruvchilardan 10 nafari imtiyozli diplomga ega bo‘lishdi. Institut rahbariyati bitiruvchilarni, ularning ota-onalarini samimiy tabriklashdi va diplomlarni o‘z egalariga tantanali topshirishdi. Bitiruvchilar va ularning ota-onalari so‘zga chiqib institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.

QSXET fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Sh.Berdiev axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov