Joriy yilning 15 iyul sanasidan “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” fakultetining ikkinchi bosqich talabalar iinstitut ilmiy o‘quv markazi maydonlarida yozgi amaliyot GIM kafedrasidan S. Melikuziev va fakultetning amaliyot o‘tash uchun kelgan 202-guruh talabalari J.Abdujalilov, O.Odilov, S.Axmadjonov, S.G‘ulomov, Z.Jo‘raev, A.Eshdavlatov S.To‘lqinovlar hamda 203-guruhdan A.Chonoxunov va Sh.O‘rinboevlar bilan dala sharoitida oddiygina bo‘sh 0.5...1.5 liter xajimgacha bo‘lgan suv idishlaridan cho‘l sharoitida havo tarkibidagi namlikni tomchi holatiga aylantirish bo‘yicha tajriba sinovlarini o‘tkazishdi.
Unga ko‘ra institut ilmiy o‘quv markazining turli xil sharoitdagi nuqtalarga suv idishlarini tag qismi olib tashlanib plyonka bilan qoplandi va yuqori qismidan havo kirmasligini ta’minlash maqsadida plyonka skoch bilan o‘rab chiqildi. Suv idishining qopqoq qismi ochiq holatda qoldirildi va hududning turli nuqtalariga 3,4 tadan namunalar ko‘mib chiqildi.
17-iyul soat 600 va 1130 oralig‘idagi vaqt mobaynida ko‘milgan tajriba namunalarini har soatda kuzatuv ishlari olib borildi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 3 turdagi germetik yopilgan, yon devorlari teshilgan va qopqoqsiz ko‘milgan suv idishlardan qopqoqsiz ko‘milgan holatdagi idishlarda hududning turli joylarida suv idishlarning yon devorlari va plyonka qoplangan qismida tomchilar paydo bo‘lganligi qayd etildi. Bu juda ham quvonarli holat bo‘lib cho‘l hududlarida saksovul urug‘larini o‘stirishda urug‘ning xavo namligidan tomchi olib sug‘orishga imkoniyat kaliti demakdir. Hozirda havodan olinadigan tomchi miqdorini ko‘paytirish va uni ekilgan urug‘ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
S.Melikuziev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov