2020 - yil 18 - fevral kuni institut B-binosining 4-qavatida Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti tashabbusi bilan Iqtisod va ta’limda ekonometrik usullar mavzusida mahorar klass tashkil qilindi. Unda Iqtisod va moliya xalqaro instituti direktor o’rinbosari Zamkov Oleg Olegovich o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
(Master-klass doirasida ma'lumotlar bilan ishlashning zamonaviy usullari (statistika, ekonometrika) va ulardan iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishda foydalanish ko'rib chiqildi. Valyuta kurslari va energiya narxlari kabi iqtisodiy ko'rsatkichlarning o'zgarishiga misollar, shuningdek, talabalarning o'quv muvaffaqiyatlari ko'rsatkichlari va omillari haqida so’z bordi. Hisoblash usullari zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida taqdim etildi va ularning natijalari tahlil qilindi).
Tadbir juda ko’tarinki ruhda o’tdi va talabalar o’zi uchun qiziq bo’lgan barcha savollarga javob olishdi. Tadbirda SXTEB fakulteti professor o’qituvchilari va talabalari, TIQXMMI qoshidagi International House Tashkent akademik litsey talabalari faol qatnashdilar.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov