O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Zulfiya mukofoti tanlovlarini o‘tkazishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash maqsadida bir qator yangicha yondoshuvlarni yo‘lga qo‘yayotganidan xabardorsiz.
Tajriba va kuzatishlardan kelib chiqib, ushbu yondoshuvlarning mantiqiy davomi sifatida 2019/2020 o‘quv yilgi tanlovlarda Respublika bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar ishtirokida o‘zaro fikr almashinish maqsadida 2020 yil 15 fevral kuni «Yoshlar ijod saroyi»da ochiq suhbat o‘tkazildi.
Ushbu muloqotda nomzodlar, jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish hamda mukofot bilan bog‘liq jarayonlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Toshkentga kelish imkoni bo‘lmagan nomzodlar "ZULFIYa NOMZODLARI-2020" gruppasi orqali savol yo‘lladilar. Forumda institutimizning YeRB fakulteti talabasi Dilshoda Norboeva ham qatnashib, o‘zini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldi. Kelgusida talabamizning mukofotga loyiq ko‘rilishida zafarlar tilab qolamiz.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi Z. Xafizova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov