Axborot va murabbiylik soati: tajriba va tahlil

Joriy yilning 24 fevral kuni “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI: TAJRIBA VA TAHLIL”  mavzusida institut murabbiylar Kengashi raisi Z.Ismailova,  ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan  ishlash bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarov, Gidromelioratsiya fakultetining bosh murabbiysi D.Nazaraliev va Gidromelioratsiya fakultetining barcha   guruh murabbiylari ishtirokida  “UChRAShUV” o‘tkazildi. Tadbirda barcha fakultet murabbiylarining  ish jarayonidagi muammolari, tajribalari, olib borilayotgan ish uslublari va natijalari murabbiylik ishlarini takomillashtirish yuzasidan bir qancha takliflar bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

 

Suhbat jarayonida murabbiylar tomonidan savollar, fikrlar, takliflar bildirildi. Ularga  yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan  ishlash bo‘limi boshlig‘i Z.Xaydarov, institut bosh murabbiysi Z.Ismailovalar yetarlicha javob berdilar. Uchrashuv natijasida guruh murabbiylari bilan bir qancha masalalar yuzasidan takliflar tushdi. Ular:

- Murabbiylik faoliyatini baholash  mezonlarini qaytadan ko‘rib chiqqan holda ishlab chiqish va fakultet bosh murabbiysi tomonidan ularga yetkazish; - Murabbiylarning barcha xujjatlari va olib borayotgan ishlari natijalari kvartalda hisobga olgan holda rag‘batlantirilib turilishi;

 

- Axborot soatlarini iloji bo‘lsa boshqacha nom bilan yuritilishi, chunki barcha sohalarda ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘htalish, talabalar bilan bevosita shu sohada ish olib borilayotgan jarayon bo‘lganligi munosabati bilan “Tarbiyaviy soat”eki “Odob-ahloq  darslari” deb nomlanishi;

-  Olib borilayotgan ishlarimizni elektron xujjatga o‘tishimizni e’tiborgan olgan holda institut rasmiy veb saytiga qo‘yilsa va kerak vaqtida shu saytdan ma’lumotlar  bazasini xar bir joydan nazoratga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

- 4-bosqich talabalari uchun mutaxassislikka xos mavzularda “Axborot soatlari”tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar bildirildi.

 

 

TIQXMMI matbuot xizmati