Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo‘llab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero, yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib o‘z iqtidorini namoyon etib kelayotgan yoshlar safi ham kundan kunga kengayib bormoqda.
Institutimizning "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakultetida Prezident stipendiya sovrindorlari D.Akbarov, R. Yigitalieva hamda iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Xolmatovlar bilan fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ishonch bilan shuni aytishimiz mumkinki, bu kabi uchrashuvlar institutimiz yoshlari o‘z iste’dodlari, yaratuvchanlik iqtidorlari va intellektual salohiyatlari bilan diyorimizning yanada gullab-yashnashiga, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori har doimgidan yuksalishiga katta hissa qo‘shadilar
“QSXET” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash dekan o‘rinbosari A.Botirov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati