Hushyorlik tole yorlikdir

Joriy yilning 19 noyabr kuni TIQXMMI Qarshi filiali, Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi. Tadbirni "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti dekani U.Qodirov olib bordi. Tadbir mehmonlaridan "Hayot faoliyati xavfsizligi" o‘quv markazi boshlig‘i B.Hamidovning “Mavsumiy sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklar” haqidagi ma’ruzasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi S.Vayitov “Viloyatda sodir bo‘lgan yong‘inlar hamda yong‘inning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar” haqidagi ma’ruzasi tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Ro‘ziqulov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati