18 may kuni Sirtqi ta’lim talabalari o‘rtasida institutimizning futbol maydonchasidagi musobaqa o‘zaro qizg‘in tusda kechdi. "Jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi bilan birgalikda “Sport oyligi” doirasidagi ushbu o‘yinda g‘oliblik nashidasini surishni kim istamaydi, deysiz. Buning uchun jamoa a’zolari orasida o‘zaro hamjihatlik, ahillik va mashqiy tajribaga ega bo‘lish talab etiladi. Ana shundagina g‘alabani qo‘lga kiritilishiga kafolat bor.
O‘yinda jami quyidagi to‘qqiz jamoa ishtirok etdi.
1. 101 guruh - Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi;
2. 102 guruh – Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi;
3. 104 guruh – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ta’lim yo‘nalishi;
4. 105 guruh - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ta’lim yo‘nalishi;
5. 107 guruh – Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ta’lim yo‘nalishi;
6. 108 guruh - Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ta’lim yo‘nalishi;
7. 114 guruh – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi;
8. 116 guruh – Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi;
9. 118 guruh – Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari ta’lim yo‘nalishlari.
Finalda 104 guruh – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va 116 guruh – Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishlari ishtirok etdi. Natijaga ko‘ra, 2-1 hisobi bilan 116 guruh – Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi talabalari g‘olib bo‘lishdi.
O‘yin natijasiga qarab 1-2-3 - o‘rinni olgan guruhlar medallar, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Faol ishtirok etgan barcha guruhlar institut rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Sirtqi ta’lim talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu futbol o‘yinlari talabalar o‘rtasida katta taassurot qoldirganligini hamda sport yoshlarni o‘zaro do‘stlikka chorlashini yana bir bor isbotladi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov