MILLIY OLIMPIADANING BIRINCHI BOSQICHI

Bugun 2019-yil 20-may kuni institutimizda «Suv resurslarini integral boshqarish" fani bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasining milliy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Olimpiadada ishtirok etish uchun ijtimoiy tarmoq orqali onlayn tarzda respublikaning barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan arizalar topshirilgan bo‘lib 30 nafardan ortiq ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan.

Olimpiadaning maqsadi talabalarning suv va suv bilan bog‘liq boshqa barqaror rivojlanish maqsadlari uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy resurslarni integrallashgan holda boshqarish bo‘yicha bilimlarini aniqlashdan iborat.

Olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi Vazirligi, Qozog‘iston – Germaniya Universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutlari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari olimpiada ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ravshan Mamutov, Qozog‘iston – Germaniya Universiteti prorektori Barbara Yanush-Pavlette, xalqaro tashkilotlardan Shveysariyaning xalqaro hamkorlik jamiyati vakili Sohibjon Akramov, Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi GEF agentligi rahbari Vadim Sokolov, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi yetakchi mutaxassisi Isomiddin Akramov, Markaziy Osiyoning Davlatlararo Muvofiqlashtiruvchi Suv xo‘jaligi Komissiyasiga qarashli Ilmiy axborot markazi direktori o‘rinbosari Dinara Ziganshina, Xalqaro suv resurslarini boshqarish institutidan Oyture Anarbekov, Germaniyaning  DAAD-xalqaro almashinuv dasturidan Simon Kretchmer o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

              INSTITUT MATBUOT KOTIBI RAHIMBOY JUMANNIYOZOV