«Kafedra kunlari»ning tashkil etib turilishi Axborot-resurs markazi faoliyatini targ‘ib qilishning samarali shakllaridan biridir. 2019 yil 17 may kuni TIQXMMI ARM tomonidan “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasida kafedra mudiri B. U. Suvonov bilan hamkorlikda “Kafedra kuni” o‘tkazildi. Tadbirda kafedraning o‘qituvchilari, xodimlari, ARM tomonidan – yuqori malakali mutaxassislar, jumladan tadbirni yuqori darajada olib borishning uslubi bilan tanishtirish maqsadida yosh kutubxonachi xodimlar ishtirok etdilar.
“Kafedra kuni” - keng qamrovli xizmat ko‘rsatish shakli bo‘lib, ARMga olingan axborot resurslarining ochiq namoyishini, kafedrani kutubxonaning ish jarayonida qo‘llaniladigan yangi texnologiyalari bilan tanishtirish, kutubxona bilan kafedraning o‘zaro hamkorligini yoritish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Dastavval, ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi mudiri N. Yu. Milichenkova tadbirning kun tartibi haqida xabar qildi, so‘zga chiquvchilarni tanishtirdi. U 2019 yilda ARM fondiga olinadigan davriy nashrlar haqida gapirib o‘tdi, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi yo‘nalishiga oid Rossiya jurnallarinig ro‘yxatini taqdim etdi.
Tadbirda ishtirok etuvchi kafedra o‘qituvchilarining diqqat-e’tibori IRBIS tizimidagi JURG – jurnallarning to‘liq matnli ma’lumotlar bazasidan axborotlarni tezkor qidirib topish va ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish, shu jumladan ilmiy jurnallarda maqolalarni nashr ettirishning tartib va qoidalari, ARMda UDK shifri bo‘yicha elektron dasturning mavjudligi masalalariga qaratildi.
Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri Feruza Tulkunovna To‘xtayeva kafedraning yo‘nalishi bo‘yicha fondni butlash, o‘quv jarayonini kafedraning yo‘nalishi bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanish darajasi va bo‘limning kelgusidagi rejalari to‘g‘risida gapirib o‘tdi, tadbirga yig‘ilganlarni tegishli xujjatlar bilan tanishtirdi.
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri Shaxzoda Xolmamatovna Nurmatova ARM fondida mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalar, irrigatsiya va melioratsiyaga oid elektron axborot resurslari, shu bilan bir qatorda IRBIS elektron dasturining “KITOBXON” AIJ - avtomatlashtirilgan ish joyidan kerakli adabiyotlarni qidirish va ulardan foydalanish yo‘llari to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Kafedraning yo‘nalishi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalardan talabalarning foydalanishi bo‘yicha ishlar tahlil qilindi va natijalari yuzasidan baho berildi. Ushbu tahlillar asosida kafedra o‘qituvchilari soha bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanishning maqsadga muvofiq ekanligini haqida qarorlar qabul qildilar.
Tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Kafedra o‘qituvchilari va ARM xodimlari “savol-javob” shaklida muloqot olib bordilar. “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri B. U. Suvonov, shu jumladan ARM xodimlari kelgusidagi hamkorlik va kommunikatsiyalarga umid bildirdilar.
ARM rahbariyati axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov