Iqtidorli talabalar – kelajak umidlari.

Mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni ilmiy-innovatsion hamda faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilar, talabalar va magistrantlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda munosib taqdirlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Har yili davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi davomida a’lo baholarga o‘qiyotgan va ilmiy (ijodiy) ishlarda faol ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari tayinlanib kelinmoqda.

2021-yil 21-may kuni institut iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi tomonidan institutda tahsil olayotgan, fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirayotgan hamda faol ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yaxshi natijalarga erishib kelayotgan talaba va magistrantlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalariga hujjatlar, tayyorlash va taqdim etish borasida vebinar-treninggi o‘tkazildi.

Treningda faol talabalarimiz hujjatlar yig‘ma jildini tayyorlash haqida savollariga javoblar olishdi. Talabalarga bo‘lim tomonidan hujjat tayyorlashda amaliy yordam berilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tanlovda qatnashadigan barcha talabalarimiz va magistrantlarimizga muvaffaqiyat tilaymiz.


Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati