Besh tashabbus — yoshlarga qanot

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish bo‘yicha birlamchi vazifalar belgilab berildi hamda ularga asosan har bir yo‘nalish bo‘yicha dastur loyihalari ishlab chiqildi. Dasturning ikkinchi yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning 20 iyun sanasida “Gidromelioratsiya” fakulteti 2 - bosqich talabalari amaliyot o‘tayotgan maskanda talabalar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Sport insonni chiniqtirib, sog‘lomlashtirishi bilan birga, xalqni, millatni dunyoga tanitadi. Ikkinchi tashabbusning aynan shu jihatlar bilan hamohangligida ham bir hikmat bor.

GM fakulteti dekan o‘rinbosari X.Tuychiev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov