Talaba-yoshlar o’rtasida odob-axloq oyligi

Аbiturient institutimizga kirib talaba bo’ldimi, u bizning farzandimiz. Demak, biz har bir talabaning tarbiyasiga mas’ulmiz. Darhaqiqat, kuni kecha “Yer resurslarini boshqarish” fakultetiga qarashli 1-talabalar turar joyida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Unda fakultet dekani Sh.Narbayev boshchiligida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri А.Аltiyev hamda fakultetimiz kafedra o’qituvchilari ishtirok etishdi. Ular bilan talaba-yoshlar o’rtasida “Odob-axloq” va “Ijtimoiy-psixologik suhbat” mavzusi bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ular o’z nutqida ta’lim muassasasida tahsil olayotgan har bir talaba ongida sog’lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhit shakllantirildi. Uning nufuzi hamda obro’-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi avvalambor, odob-axloq qoidalariga rioya etuvchi talaba-yoshlarni tarbiyalash zarurligi ta’kidlandi.  YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

 

TIQXMMI matbuot xizmati