Til bilgan el tanir

Qancha ko‘p tilni bilish shuncha boylikka ega bo‘lishdir. O‘z tilimizni mukammal bilish asnosida xorijiy tillarni o‘rganish muhim masala. Chunki tillar qiyoslab o‘rganiladi. Har bir til ortida buyuk millat turadi. Uni e’zozlash burch va fazilat. “Tillar” kafedrasi nemis tili o‘qituvchisi M. E. Turdiyeva bilan birgalikda nemis tilini o‘rganayotgan talabalar institutimiz haqida nemis tilida videorolik tayyorlashdi.  Videorolikda QXM fakulteti 1 - bosqich talabalari Baxtiyorov Shohruz, Egamberganov Shahzod, Bobobekov Abbos, “YERB” fakulteti 2 - bosqich talabasi Islom Karimov 1 - bosqich talabalari Mo‘minov Yahyo, To‘xtayev Behruz, Abduvaliyev Tolibjonlar nemis tilida institutimizni tanishtirdilar va institutda chet tillarni o‘rganish ishtiyoqi bo‘yicha maslahat beradilar.  Jahoniy tillardan sanalgan nemis tilining ahamiyati borasida so‘z yuritib, uni mukammal o‘rganishga chaqirdilar. Talabalar videoreferatini fan o‘qituvchisi a’lo bahoga baholadi.

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov