Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali, Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi bilan hamkorlikda 2021- yil 20 -yanvar kuni “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisi Murojaatnomasi va Yoshlar forumida belgilangan ustuvorliklardan kelib chiqib, yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusiga bagʼishlangan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Oʼzbekiston XDP viloyat kengashi O.Ravshanov, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi Oʼzbekiston XDP guruhi aʼzosi S.Kamilova, xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi deputati R.Murtazaev hamda viloyat partiya kengashi sektor mudiri Sh.Xudoyqulovalar soʼzga chiqib, talaba yoshlarga mamlakatimizdagi boʼlayotgan ulkan oʼzgarishlar, Prezidentimizning Murojaatnoma hamda Yoshlar forumidagi maʼruzalaridan kelib chiqib, deputatlar hamda yoshlar oldida turgan dolzab vazifalar, viloyat hamda shahar hayotiga oid yangiliklar, yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, siyosiy jarayonlardagi ishtiroki xususida oʼz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
TIQXMMI matbuot izmati