2021-yil 21-aprel kuni Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakultetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda “22 aprel Butunjahon yer kuni”ga bag‘ishlangan “Ona zaminimiz ulkan milliy boyligimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.
Tarbir ishtirokchilariga qiziqarli ma’ruzalar qilindi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berildi. Fakultet talabalaridan 9 nafari shu partiyaga a’zo bo‘lganligi munosabati bilan ularga partiya biletlari topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiya bilan fakultetimizning kelgusida hamkorlik qilishi bo‘yicha fikrlar bildirildi. Talabalarimizni o‘qishni tugatgandan keyin o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishga joylashish masalalari qiziqtirdi. Bu masala yuzasidan partiya qonunlarga, qonun osti hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga xarakat qilinayotganini ta’kidlashdi.
TIQXMMI matbuot xizmati