O‘zbekiston Respublikasida yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ushbu masala muhtaram Prezidentimiz tomonidan doimiy nazoratga olingan. Bu masala institutimiz rektori O‘ktam Pardayevich tomonidan biz professor-o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi. Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti jamoasi Toshkent shahar Mirzo ulug‘bek tumani Shaxrisabz mahallasi bilan keyingi 3 yildan beri yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. 2021-yilning 20-aprel kuni mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalla raisi bilan suhbatlashib, amalga oshiriladigan dastlabki ishlar yuzasidan kelishib olindi. Fakultet faollari bu vazifa fakultet jamoasi uchun muhim ekanligini qayd qilishib, mahallada qator ishlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati