O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish hamda ularning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
19 apreldagi 222-sonli qarori qabul qilingan.
Ushbu qarorning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka ayniqsa, 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, doktorantlar, magistrlar hamda iqtidorli talabalarga yetkazish maqsadida, joriy yil 22 may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Sultanov Tohirjon Zokirovich tomоnidan yosh olimlar, doktorantlar, magistrlar hamda iqtidorli talabalar uchun onlayn vеbinar tashkil etildi.
Ushbu vebinarda Vazirlar Mahkamasining 19 apreldagi 222-sonli qarori haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Xususan, ishtirokchilar 2021 yilda e’lon qilinadigan iqtidorli yoshlar o‘rtasida "Akademik harakatchanlik" dasturi va "Bo‘lajak olim" respublika tanlovi to‘g‘risida; Ilmiy salohiyatni oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida davlat dasturlari mablag‘lari hisobidan 50 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi; Iqtidorli yoshlar ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalari tashkil etilishi (talaba, magistr, tadqiqotchi) xususida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tadbirda berilgan ma’lumotlar yuzasidan bevosita savol javoblar olib borilib ishtirokchilarning savollariga aniq va batafsil javoblar qaytarildi.
Vebinar yakunida ishtirokchilar tomonidan, bunday vebinarlarni ko‘proq tashkil etish borasida o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berib o‘tishdi hamda barcha tashkilotchilarga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot
ishlarini tashkil etish bo‘limi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati