“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining TIQXMMI o‘quv-ilmiy markazida o‘tkazilayotgan “Melioratsiya va qurilish mashinalarini boshqarish” amaliyotida o‘n bitta o‘quv amaliyoti postlari tashkil etilgan. Har bir postda professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berib kelinmoqda. Talabalar “Melioratsiya va qurilish mashinalarini boshqarish” o‘kuv amaliyotini o‘tash davomida qurilish va melioratsiya mashinalarini boshqarish, ishga tushurish, yo‘l harakat qoidalari va harakat xavfsizligi asoslaridan ko‘nikmalar hosil qilmoqdalar. O‘quv amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida, “O‘zmeliomashlizing” AJ tomonidan hozirda ikkita bir cho‘michli yuklagich ekskavatorlari ajratilgan. Bundan tashqari talabalar institut o‘quv ilmiy markazida mavjud ekskavator, traktor va lazerli yer tekislagichlarni boshqarish jarayonini o‘rganmoqda va mustaqil boshqarmoqda. Talabalar ichki yonuv dvigatelini ochish va qayta yig‘ish jarayonini bevosita amalga oshirmoqdalar. Olib borilayotgan o‘quv amaliyoti malakali kadrlarni tayyorlashda hamda olingan nazariy bilimlarni salmog‘ini oshirishga katta xizmat qiladi. O‘quv amaliyotini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida, talabalar uchun shaxmat, shashka musobaqalari o‘tkazilmoqda va badiiy adabiyotlar mutolaasi yo‘lga qo‘yilgan. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus doirasida turli xil sport musobaqalari va davra suhbatlari tashkil qilinmoqda.
“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Xolova Sarvinoz axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov