O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 16-iyun kuni "Oliy ta'lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to'g'risida" o'tkazilgan videoselektor yig'ilishining sonli bayoni 23-bandi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 26-avgust kungi 372-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Jahon banki ishtirokidagi oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida "Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish-HEMIS" axborot tizimini Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida joriy etish hamda tizimga tegishli ma'lumotlarni kiritish va shakllantirish tartibi hamda vazifalar taqsimoti yuzasidan “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” va “Yer resurslarini boshqarish” fakultetlari professor-o’qituvchilariga 2021 yil 21 sentyabr kuni o’quv-seminar tashkil etildi. O’quv-seminarni o’quv ishlari bo’yicha prorektor B.A.Xudayarov kirish so’zi bilan ochib berdi hamda "Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" axborot tizimini istitutimizda joriy etish bo’yicha institutning 2021 yil 7 sentyabrdagi 376-sonli buyrug’i qabul qilinganligi va unda belgilab berilgan vazifalar bo’yicha seminar ishtorokchilariga m’alumot berdi.
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i o’rinbosari F.X.Shafkarov fakultetlar professor-o’qituvchilariga: “HEMIS” axborot tizimining "Fanlar bazasi" menyusiga taalluqli bo'lgan joriy semestrda o'ziga biriktirilgan fanlaming mashg'ulotlar mavzulari ro'yxatini shakllantirish, fanlar mashg'ulotlari bo'yicha o'quv resurslari va ulaming nazorat savollarini shakllantirish, mashg'ulotlar bo'yicha nazorat topshiriqlarni tizimga yuklash va natijasini baholash. Axborot tizimining "Mashg'ulotlar" menyusiga taalluqli bo'lgan dars o'tish va davomat jumalida talabalaming mashg'ulotlarga qatnashish natijalarini doimiy shakllantirib borish. Axborot tizimining "Nazoratlar" menyusiga taalluqli bo'lgan tegishli fan bo'yicha talabalaming joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalarini shakllantirish, imtihonlar ro'yxatini va masalalarini tuzish hamda natijasini monitoring qilish. Axborot tizimining "Ilmiy faoliyat" menyusiga taalluqli bo'lgan o'qituvchi tomonidan nashr etilgan ilmiy va uslubiy ishlami, intellektual mulk obyektlari hujjatlarini hamda xalqaro tizimlardagi ilmiy faollik ma'lumotlarini bevosita “HEMIS” axborot tizimida kiritish jarayonini amaliy ko’rsatib berdi. Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tegishliligi bo’yicha javoblar qaytarildi.
TIQXMMI matbuot xizmati