Mantiqiy fikrlash davr talabi

Hozirda  yoshlarni fikrlash, tasavvur qilish, borliqni idrok etish qolaversa kognitiv tafakkurni rivojlantirish keng ahamiyat kasb etmoqda. Kasbiy psixologiya fani doirasida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarda “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti D.Mustafoeva olib borgan Kasbiy psixologiya fanining tub mohiyati, shaxslar orasidagi psixologik munosabatlar, jamoa orasidagi psixologik xolatlar, qolaversa kreativ fikrlash, kasbiy kompetentlik, emotsional xolatlarning o‘zgarishi haqida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishi talabalar tomonidan qizg‘in kutib olinadi.

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar guruxlarda ishlash, binar darslar, disput-munozara, fikrga qarshi fikr bildirish kabi turli pedagogik texnologiyalar asosida olib borilishi talabalarning mustaqil va kreativ fikrlashlarini yanada oshirilishiga olib keladi. 

TIQXMMI matbuot xizmati