Vatanparvarlik ona tilga, davlat tiliga bo‘lgan mehr va sadoqatdan boshlanadi desak, mubolag‘a bo'lmaydi. Shuning uchun ham til masalasi mavsumiy mavzu emas. Har damda, har qadamda u haqda o‘ylash va so‘ylash yurt taqdiri va fuqarolik burchiga daxldorlik tuyg‘usini anglashdir.
Joriy yilning 19-oktabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti Yoshlar ittifoqi va fakultet Xotin-qizlar qo'mitasi bilan birgalikda, O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Tilga etibor-elga etibor” shiori ostida 2-ma'ruzalar zalida ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni fakultet Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Dilfuza Madazizova kirish sozi bilan ochib berdi. U o'z sozida til millat ko'rki ekanligi va ona tilimizni asrab avaylashimizni aytib o'tdi. Shundan so'ng ma'naviy-ma'rifiy tadbir boshlandi va talabalar tomonidan bayram tadbiri tayyorlanib yig'ilganlar etiboriga havola etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Gidromelioratsiya” fakultet rahbariyati tomonidan sovg`alar va tashakkurnomalar taqdim etildi.
Fakultet yetakchisi Nodir Olimjonov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov