Bank xodimlari bilan davra suhbati 

Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalardagi singari, bank tizimida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqimiz turmush tarzini yanada yaxshilash, kunlik turmush ehtiyojlarini qondirishda banklarning, ularning xalqqa ko‘rsatayotgan xizmatlari juda muhim. 

2019 yil 21 fevral kuni institutimizda “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda buxgalteriya xodimlari ishtirokida “Asaka” bankining Toshkent shahar filiali boshqaruvchi o‘rinbosari va bir qator mutasaddi bank xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi. Yig‘ilishda bank xodimlari “ASAKA” banki misolida, bugungi kunda banklar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, mobil bank xizmatlarini kengaytirish, omonat turlari, jismoniy shaxslarga kredit berish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi. Talaba va xodimlarni qiziqtirgan imtiyozli ta’lim va iste’mol krediti, konvertatsiya bo‘yicha va boshqa ko‘plab savollariga javob berishdi. Bank xodimlari ko‘tarilgan mavzu va savollardan kelib chiqib, talabalarning bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda zamon bilan hamnafas holda, bank tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida keng ma’lumotga ega ekanligiga alohida to‘xtalib, bu holat ularni juda quvontirganini ta’kidlashdi. 

Bank mutasaddilari va institut buxgalteriyasi tomonidan institutimizda talaba va xodimlar bilan shu kabi uchrashuvlarni davriy o‘tkazib turishga kelishib olindi.

      Bosh hisobchi I. Xasanov axboroti 
                    Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov