2019 yil 10 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yunalishi 4-bosqich talabalarining bilim va salohiyatini yanada oshirish maqsadida “AgroMart” xalqaro loyihasi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi. Tadbirda AgroMart xalqaro loyiha menedjeri Umidjon Po‘latov qatnashdi.
Tadbir doirasida bitiruvchi talabalarga “Qishloq xo‘jaligida innovatsion rivojlanish sari fermerlarga raqamli xizmatlarni ko‘rsatish” mavzusida ma’ruza qilindi, mavzuga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda davra suhbati o‘tkazildi.
Talabalarga “AgroMart” loyihasi taqdim etayotgan imkoniyatlar va ko‘rsatayotgan raqamli xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berilib, ularda yangi bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga hissa qo‘shildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olib, qishloq xo‘jaligida innovatsion rivojlanish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
"Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi dotsenti B. Matyaqubov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov