Ma'lumki, 21 - fevral “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur sana munosabati bilan 2 - Talabalar turar joyida ma'naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.
Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma'naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.
Shu haqda davra suhbatini "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti Xakimt Azimov va katta oqituvchi Baxodir Qandov olib borishdi. GIM va GTQ fakulteti talabalari savol-javoblarda faol ishtirok etishdi.
Tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov