"Startap nima?"      

Bugungi zamonaviy dunyo taraqqiyotida startaplarning ham salmog‘i baland. Chunki aynan ular dunyoni o‘zgartirib, unga yangi qiyofa berib bormoqda. Bu jarayonni yurtimiz yoshlari ongiga singdirish, ular bilan ayni shu mavzuda muloqotlar olib borish, albatta, muhim. Oramizdan ko‘pchilik "Startap nima?" degan savolga o‘zida javob topa olsa kerak. "Startap" yoki "startap kompaniya" tushunchasi (inglizcha, "statr-up") — bu, yangi ishga tushirilgan, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yurgan hamda bozorga asta-sekinlik bilan kirib borayotgan biznesni anglatadi.

Shu bilan birga uni chuqur tushunib u haqda mukammal tasavvur hosil qilish foydadan xoli bo‘lmaydi. Ayni mavzuda bugun bizning institutimiz Yoshlar ittifoqi faollari bilan hamkorlikda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut Boshlang‘ich Tashkiloti Kengashi tomonidan faol talabalarga Startapning mohiyatini yanada chuqurroq tushuntirish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti doktoranti Ozodov E’zoz ishtirokida maxsus seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur treningda asosiy e’tibor startap yaratish uchun qilinadigan ishlar, ishni qanday tashkil etish. Startap yaratishning bosqichlari. Bugungi kunda bu soha uchun ajratilayotgan grantlar. Jahon brendlarining qanday tashkil etilganligiga qaratildi hamda mehmon tomonidan bu borada taqdimot o‘tkazildi.

Treningda ta’kidlanganidek, investor g‘oyaga mablag‘ sarflar ekan, muvaffaqiyatli biznes kelajakda keltiradigan foydaning bir qismiga umid bog‘laydi. Teskari natijada u o‘zi kiritgan mablag‘larni yo‘qotish xavfida bo‘ladi.

Savodli investorlar hali bozorda yo‘q yangi xizmat yoki tovarlarni taklif qiladigan loyihalar eng ko‘p foyda keltirishini tushunishadi. Shu munosabat bilan startap o‘zida bozorda talab qilinadigan hamda foyda keltiradigan mahsulot yoki xizmatlarning yangi konsepsiyasini jamlashi kerak.

Shundan so‘ng talabalar ham o‘z g‘oyalarini batafsil so‘zlab berishdi hamda bu g‘oyalarni startapga aylantirish, qaysi kamchiliklarini to‘ldirish borasida maslahatlar olishdi. Tadbir so‘ngida mehmonga bugungi trening uchun minnatdorchilik bildirilib, maxsus esdalik sovg‘asi taqdim etildi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov