Ijarada yashaydigan talabalar har doim nazoratda

Davlatimiz rahbarining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli  qaroriga  muvofiq institutimizda ham talabalar bilimini nazorat qilish, baholash tizimi yangi nizomi va yashash sharoitini o‘rganish ishlari ishlab chiqilmoqda. Institutimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi stajer-o’qituvchisi Mustafoqulov Alimardon tashabbusi bilan 5313200-TTTEM ta’lim yo’nalishi 113-guruhning ijarada yashovchi talabalar sharoiti bilan tanishib chiqildi.

Davlatimiz tamonidan murabiylarga ko‘rsatilgan e’tibor tufayli, murabbiylar o‘z ustida yanada ko‘p ishlamoqda. Jumladan, har bir talabani muntazam nazorat ostiga olib, tartib intizomni kuchaytirishga, ularning ta’lim olish sifatini mustahkamlashga, ma’naviy boy qilish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, muzey, tarixiy qadamjoylar, mustaqillik davrida qurilgan inshootlar bilan yaqindan tanishtirilmoqda.Talabalarga yaratilgan sharoit bilan qiziqish ularning dars mashg‘ulotlarining o‘zlashtirishlariga bevosita daxldor ekani ayon. Talabalarga o‘qish sharoitlari ko‘ngildagidek yaratilgani aniq. Ayni paytda ularning istiqomat qiladigan joylari qay tarzda ekanligini, kimning xonadonida kim bilan birga istiqomat qilishini bilish pedagog- murabbiylarning burchi va vazifasidir.

 

TIQXMMI matbuot xizmati