Hamkorlik konsesiyasining mohiyati yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, komil insonni shakllantirib el-yurt manfaatiga xizmat qildirishdir. Kasbga tayyorlash ana shu maqsad sari intilishdir. 23 aprel kuni "Maktab, mahalla va oliy o‘quv yurti hamkorligi" doirasida Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim ta’lim maktabi bitiruvchilari uchun kasbga yo‘naltirish maqsadida institutimizda uchrashuv tashkil etildi. Bitiruvchilar institutimizda ilm olish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish asnosida, institutda joylashgan laboratoriya xonalari, kutubxona, ma’ruza zallarini ko‘zdan kechirishdi. Institutimiz professor-o‘qituvchilaridan prof. A.Yaxshiev, dos. B.O‘ralov, assistentlar K.Musaev, D.Yulchiev, M.Jahonov bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini berib o‘tdilar.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov