Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti XX - Yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy - amaliy anjumanini o‘tkazish muddati may oyiga ko‘chirildi.

Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishlar soni ortib borayotganligi sababli, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, magistrantlar va talabalarning karantin qoidalariga to‘liq amal qilishni ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 28-30 aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XX - Yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy - amaliy anjumani  joriy yil may oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi rejalashtirildi. Shu munosabat bilan barcha mualliflardan anjuman haqidagi keyingi ma’lumotlarni (TIQXMMI Yangiliklari https://t.me/ilovetiiame) rasmiy telegram kanali orqali kuzatib borishlarini hamda anjuman boshlangunga qadar taqdimotga ilmiy-ijodiy yondoshgan holda tayyorgarlik ko‘rishni to‘xtatmasliklarini so‘rаymiz.

Hurmat bilan! Anjuman tashkiliy qo'mitasi
TIQXМMI Ilmiy bo'limi Z.Xolmatov (99-929-78-45)