O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot - kutubxona xizmatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida 21-may - O‘zbekiston kutubxonachilari kuni etib belgilandi. Shu munosabat bilan bugun Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo‘lishini ta’minlashga qo‘shayotgan hissalari, kutubxonada saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-resurs markazi faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi vazifalarni bajarishda o‘z mehnatini ayamayotgan bir guruh ARM hodimlari bayram munosabati bilan institut rahbariyati hamda institut kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlandilar.
Biz ARM hodimlariga sog‘liq va omonlik tilaymiz. Ustozlar va talabalarning ilm sohasida erishayotgan muvaffaqiyatlarida sizlarning beqiyos hissangiz borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz. Shu bois, mana shunday quvonchli kunda, institut jamoasi nomidan Sizga yuksak hurmat-ehtiromimiz, ezgu tilaklarimizni bildirib, chin dildan ta’zim qilamiz. Esdalik sovg‘alari va tabriknomalar Institutimiz birinchi prorektori Mirzayev Baxodir Suyunovich tomonidan topshirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati