“Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi jamoasiga biriktirilgan “Lashkarbegi” MFY bilan tasdiqlangan 14 ta banddan iborat “Yo‘l xaritasi” mavjud bo‘lib, ushbu xaritadagi bandlar ijrosi hamda Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusni uchinchi tashabbusida belgilangan aholi o‘rtasida “Kompyuter savodxonligi” vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yiling 23 iyun sanasidan boshlab haftaning chorshanba va shanba kunlari mahalla faollari va qiziquvchilarini axborot texnologiyalaridan o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilib bugundan darslar boshlandi.
Unda jami mahalladan 30 kishidan iborat jamoa o‘quv kursi haftaning chorashanba va shanba kunlari Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilarini jalb qilgan holda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri dotsent D.Nazaraliev boshchiligida institutning B o‘quv binosi kompyuter xonalarida dastlabki dars jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi ass. S.Mansurov va Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini Z.Abdurashidov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati