Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-sonli Farmoni, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 29 apreldagi 202-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash yuzasidan, Toshkent shahar Mirzo Ulugʼbek tumanidagi “Shaxrisabz” M.F.Y., bilan TIQXMMI “Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti hamkorligida 2021 yil 23 iyun kuni Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish boʼyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʼnaltirilgan davra suhbati oʼtkazildi.
Tadbirda “Shaxrisabz” M.F.Y. raisi Koshetova Jumabeke Tanibergenovna, raisining xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʼyicha oʼrinbosari Karabaeva Matluba Sobirovna hamda “Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari J.Turdiev, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri А.Аxmedov, kafedra professor-oʼqituvchilari А.Bobojonov, Sh.Xojimuxamedova, I.Yuldasheva, А.Tabaev, D.Talipova, N.Akramova, G.Toshxodjaeva hamda mahalla yoshlari ishtirok etishdi. Davra suhbatida Oʼzbekiston Qahramoni, Oʼzbekiston xalq shoiri Аbdulla Oripov ijodi, sheʼriyati hamda hayot yoʼlini ifoda etuvchi fikr-mulohazalar bildirildi hamda sheʼrlar oʼqildi. Davra suhbati soʼngida mahalla idorasiga kitoblar, sport anjomlari sovgʼa qilindi.
“SXTE va B” fakulьteti dekani oʼrinbosari J.Turdiev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati