Elektr energetikasi iqtisodiy o‘sishning barqarorligini va aholi farovonligini ta’minlaydigan muhim manbadir. Bu tarmoqni modernizatsiya qilish, energiya quvvatlarini ko‘paytirish va iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram prezidentimizning elektr energetikasi iqtisodiyotning "motori" bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni, umuman hayotni bu sohasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, degan so‘zlari esimizdan chiqmaydi. Shu munosabat bilan “Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakultetida 2020 yil 20 avgust kuni "Energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida ZOOM platformasi orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Uzoq yillar “Angren Issiqlik stansiyasi” direktori lavozimida faoliyat olib borgan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aminov Nosirjon Xasanboevich hamda Energetika vazirligi, “Energiya samaradorligini oshirish departamenti” direktori Xakimov Muzaffarjan Xabibullaevichlar tadbir mehmonlari bo‘lib ishtirok etdilar.
Tadbirni QSXET fakulteti dekani A.Isakov ochib berdi. Ular o‘zlarining kirish nutqida jumladan, shularni e’tirof etdi. Ushbu sinovli kunlarni eson-omon ortda qoldirib, jonajon institutimizda yuzma-yuz uchrashish nasib qilsin. Bugungi kunda hech kimga sir emaski, pandemiya sharoitida uyda qolib onlayn o‘qish sharoitiga ko‘nikib ulgurdik. 2020-2021 o‘quv yilini ham onlayn boshlash oldida turibmiz. Shu munosabat bilan yangi o‘quv yili oldidan sizlar bilan suhbatlashib olishni o‘zimizga ixtiyor qildik va sizlarni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olasiz degan umiddamiz.
So‘ngra Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriev so‘z olib, hozirgi pandemiya sharoitida uyda qolib o‘qituvchilar tomonidan berilgan barcha darslarni chuqur o‘rganish kerakligini ta’kidladi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aminov Nosirjon Xasanboevich hozirgi kunda Energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Energetika vazirligi, “Energiya samaradorligini oshirish departamenti” direktori Xakimov Muzaffarjan Xabibullaevich esa bugungi kunda talabalarning nafaqat o‘qishi, balki keyingi faoliyatlari uchun amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berishdi. Talabalar shunga o‘xshash soha mutaxassislari bilan bo‘ladigan uchrashuvlarni yanada kupaytirish kerakligi buyicha takliflar berishdi. Tadbir juda qizg‘in murosalarga boy tarzda o‘tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati