Ayol qudrati va matonati mavzuida

2021 yil 20 avgust kuni GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, institut Xotin-qizlar kengashi a’zosi t.f.d. Sh.M. O‘ljaeva “O‘zbekiston tarixi” kanalining “Ibtido” dasturida “Tarixda ayollarning o‘rni va roli, ibtidosi va taraqqiyoti” mavzusida tashkil etilgan ko‘rsatuvda ishtirok etdi. Tarixdan ma’lumki, yurtimizda ayollarga munosabat tarixi ibratlidir. Saklar malikasi Zarina, massagetlar malikasi To‘maris kabi, Salavkiylar malikasi Spitamenning qizi Apama, Buxorxudotlardan bo‘lgan, Buxoroni 680-695 yillarda boshqargan Xotun podshoh, Amir Temurning onasi Takina Xotun, opalari Qutlug‘ Turkon tog‘o, ayoli Saroymulkxonim, Tuman og‘o, kelinlari Xonzoda begim. Milkat og‘o, Gavharshodbegim va boshqa juda ko‘plab ayollarimiz davlat va jamiyat hayotida katta rol o‘ynaganlar. Sh.M. O‘ljaeva tarixda ayollarning o‘rni va rolini, ibtidosini tahlil qilar ekan, albatta mustaqillik davrida ayollarga bo‘lgan munosabatning yana-da kuchaygani, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

TIQXMMI matbuot xizmati