Qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyadash fakulteti “Traktor va avtomobillar” kafedrasi dotsenti Qo‘ziev Ulug‘bek Tadjievich 3 bosqich talabalariga “Avtotraktor dvigatellarining ta’minlash tizimi turlari va rostlagichlari” mavzusida Ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tdi. Ma’ruzada Qarshi davlat muhandislik instituti dotsenti Elmurod Eshdavlatov, Agrar davlat Universiteti o‘qituvchisi Dilshod Omonov hamda Traktor va avtomobillar, Mashinalardan foydalanish, Elektrotexnologiyalar va elektr jahozlaridan foydalanish kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Ma’ruzachi talbalarga avvalo “Ta’minlash tizimi vazifasi”-haqida quyidagicha tushincha berdi: Dvigatel silindrlariga havo va yonilg‘ini tozalab alohida-alohida yoki aralashma shaklida kerakli miqdorda yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Shundan so‘ng, Dvigatelda ishlatilayotgan yonilg‘i turiga qarab ta’minlash tizimi tuzilishi va ishlashi turlicha bo‘lishini tushintirib o‘tdi:
Ma’ruza so‘ngida talabalarga “Dvigatellarning ta’minlash tizimi” haqida savollar berildi va o‘qituvchi faol ishtirok etgan talabalarni baholab bordi.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti