Xalqaro hamkorlik boʼyicha prorektor А.Salohiddinov bilan institutning barcha fakultetlarning 1-bosqich iqtidorli talabalari ishtirokida ijodiy uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuv davomida har bir talabaning oʼz sohasining yetuk mutaxassisi va yetakchisi boʼlishi uchun zaruriy shartlar va unga erishish yoʼllari toʼgʼrisida atroflicha fikr almashildi. Har tomonlama yetuk mutaxassis oʼz sohasining chuqur egallashi va xorij tillardan birini oʼzlashtirish zaruriyati misollar bilan bilan tushuntirib berildi. Yetuk mutaxassis boʼlish uchun esa albatta, bugundan boshlab rejali ishlarni amalga oshirish kerakligi uqtirildi. Uchrashuvda shuningdek, USchool va Oasis FES oʼquv markazlarining rahbarlari ham ishtirok etishdi. Oʼquv markazlaridagi kurslarning oʼziga xos xususiyatlari va shartlari toʼgʼrisida maʼlumotlar taqdim etildi. USchool oʼquv markazi rahbari Farxod Shukurov tomonidan uyushtirilgan lotoreyada 3 nafar talaba ushbu oʼquv markazida bepul bir oylik kursida oʼqish imkoniyatini qoʼlga kiritdi. Iqtidorli talabalar xalqaro loyihalar, grantlar va ingliz tilini oʼrganish boʼyicha savollarga toʼliq maʼlumotlar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati